Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 16 maydagi 03-PA 1/1-1593/18-sonli topshirigʻi va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi Raisining 2025 yil 1 aprelda tasdiqlangan Yoʻl-xaritasi ijrosini ta'minlash maqsadida, 2025 yil 26 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Sayyor seminar treningda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari I.Ismailov va M.I.Maxsadovlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 – yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati, har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha ustuvor vazifalar; Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora - tadbirlar dasturi; Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish; huqubuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tizimi samarali amalaga oshirish tartiblari boʻyicha ma'lumot berildi.
Tashkil etilgan sayyor seminar-trening mashgʻulotida ijtimoiy profilaktika tushunchasi, mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari, shunindek, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika ob'ektlari bilan amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar, yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida ma'lumot berildi. Seminar-trening mashgʻulotlari mavzu doirasida amaliy misol (fabula)lar asosida muhokama tarzida oʻtkaziladi.
Ishchi guruhi tomonidan "Mahalla yettiligi" faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-chorak yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar hisoboti, 2-chorakda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli uslubiy taklif va tavsiyalar berildi.
Oʻquv seminarda Toshkent shahar Chilonzor tumanining 55 ta mahallasini 185 nafar yettilik a'zolari ishtirok etishdi.
Seminar trening ishtirokchilari Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy profilaktika yoʻnalishida tarqatma materiallar, taqdimotlar, bukletlar va oʻquv-ulubiy-metodika bilan ta'minlandilar.