Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida qoʻyilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan, joriy yilning 1 fevral kuni Toshkent viloyati Yoshlar ishlari agentligi markaziy kengashida Toshkent viloyati hududidagi Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalari mas'ullari ishtirokida “Toshkent viloyatida 2024 yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash mexanizmi” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.