Universitet harbiy xizmatchilari shaxsiy tarkibi o`rtasida uzoq masofaga yugurish musobaqa…

Universitet harbiy xizmatchilari shaxsiy tarkibi o`rtasida uzoq masofaga yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitet boshlig‘ining 2025-yil 5-fevraldagi 64-sonli buyrug‘iga asosan Universitet Bakalavriat fakulteti hamda Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash batalyoni shaxsiy tarkibi o`rtasida uzoq masofaga yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi. Yugurish texnikasini chiroyli hamda jarayonda kuchlarni tejamli sarflash uzoq masofaga yugurishda yuqori natijaga erishishning asosiy omili hisoblanadi. Sportning bu turi murakkab va jismonan kuch, mahorat talab qilishiga qaramay, ishtirokchilarning barchasi belgilangan masofani bir-birovlaridan qolishmay bosib oʼtishda bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Bunda yugurish musobaqasining tayyorgarligi va o‘tkazilishi eng yuqori darajada tashkil etilganligi alohida e`tiborga loyiq. Jamoat xavfsizligi universiteti Bakalavriat fakulteti hamda Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash batalyoni shaxsiy tarkibi o`rtasida o`tkazilgan mazkur uzoq masofaga yugurish musobaqasi ham ana shunday vatanimiz shanini munosib himoya qilishga qodir yigitlar yigitlar borligini isbotladi. Qizg`in bahslar ostida kechgan bellashuv yakuniga ko`ra: 1-o‘ringa bir yo`la ikki jamoa – 2-kursantlar batalyoni 6-vzvodi va 4-kursantlar batalyonining 10-vzvodi ko`tarildi. 2-o‘rinni Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini tashkil etish batalyoni Qo‘riqlash vzvodi, 3-o‘rinni esa Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini tashkil etish batalyoni o‘quv jarayonini tashkil etish vzvodi qo`lga kiritdi.

770
Chop etish
Text to speech