Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan global muammolar tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish BMT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridir. Oradan 80 yil o‘tgan bo‘lsa-da, BMTning maqsad va tamoyillari hanuz o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, aksincha, yangi zamon talablariga mos ravishda yanada chuqur ma’no kasb etmoqda.
BMTning 80 yillik faoliyati insoniyat tarixida tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida beqiyos tajriba sifatida namoyon bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida BMT jahon siyosiy tizimining ajralmas qismiga aylanib, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim o‘rin tutdi.
Bu davr mobaynida tashkilot jahon tinchligini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lida muhim o‘ringa ega. Bugungi kunda BMT faoliyati nafaqat o‘tmish saboqlarini tahlil qilish, balki kelajakdagi global muammolarni hal etishning samarali yo‘llarini belgilashga qaratilgan. “BMT tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida 80 yil: o‘tmish saboqlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi ushbu konferensiya mazkur yo‘nalishdagi ilmiy fikr va amaliy tajribalarni birlashtirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
BMTning 80 yillik faoliyatini tahlil qilish, uning tinchlik, xavfsizlik
va barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni hamda ta’sirini baholash, shuningdek, global muammolarni hal etishda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalish va hamkorlik imkoniyatlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yil 22-oktyabr kuni soat 1000da “BMT tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘ְlida 80 yil: o‘tmish saboqlari va kelajak istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning mintaqaviy o‘quv markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari, talabalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Konferensiyani quyidagi reja-senariy asosida o‘tkazildi:
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i y.f.d., professor Rustambayev Mirzayusuf Xakimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining a’zosi, y.f.d., professor Xayitov Xushvaqt Saparbayevich “BMT Bosh Assambleyasining
80-sessiyasi: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun” mavzusida ma’ruza qildi;
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vakili Aminov Marat Sayarovich “Международное право и защита населения в вооруженных конфликтах” mavzusida ma’ruza qildi;
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri, y.f.d., dotsent Raxmanov Shuxrat Naimovich “O‘zbekison Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini transformatsiya qilish hamda BMT bilan hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarish” mavzusida ma’ruza qildi;
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri, y.f.d., dotsent Raxmanov Shuxrat Naimovich “O‘zbekison Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini transformatsiya qilish hamda BMT bilan hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarish” mavzusida ma’ruza qildi;
Qozog‘iston Respublikasi Milliy mudofaa universiteti – “Milliy gvardiya” fakulteti magistratura boshlig‘i Imirov Savredin Karlovich “О роли правовой культуры курсантов военных вузов Национальной гвардии в соблюдении принципов Международного гуманитарного права и защиты населения в вооруженных конфликтах” mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori y.f.d., professor Matchanov Alimjan Atabayevich “Роль ООН в международном сотрудничестве в борьбе с киберпреступностью” mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professori y.f.d., professor Yuldasheva Govherjan “BMTning inson huquqlarini rivojlantirish va himoya qilishdagi roli” mavzusida ma’ruza qildi;
Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qarag‘anda Akademiyasi, umumyuridik fanlar o‘qituvchisi Jalmaxanov Jangali Shapanatovich “Анализ угроз онлайн-среды для несовершеннолетних В Республики Казахистан: механизмы преотвращения и реагирования” mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti boshlig‘i t.f.d., dotsent Xaqnazarov Xudoyberdi Dilmurodovich “BMTning barqaror taraqqiyot yo‘lidagi tajribalari, zamonaviy chaqiriqlar va isloh masalalari” mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ilmiy kotibi y.f.b.f.d. (PhD), dotsent Nizametdinxodjayev Ulug‘bek Ruslanovich “Xalqaro jinoyatchilikga qarshi kurashishda inson huquqlarini ta’minlashning kafolatlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.
Konferensiya yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professori y.f.d., professor G.Yuldasheva va Maxsus fakultet boshlig‘i t.f.d., dotsent X.Xaqnazarovlar ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu berdi.