SPORTNING TRIATLON TURI BO‘YIChA HAVASKOR VA KATTALAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON ChEMPIONATI

SPORTNING TRIATLON TURI BO‘YIChA HAVASKOR VA KATTALAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON ChEMPIONATI

2026 yil 24 aprel kuni Samarqand shahrida Buyuk ipak yo‘li turizm markazida sportning triatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari Milliy gvardiya terma jamosi tarkibida ishtirok yetib quyidagi o‘rinlarni egalladilar.

Ayollar o‘rtasida “Elit” toifasida katta leytenant Xakimova Alina Faritovna 1-o‘rin, 122 o‘quv guruhi kursanti Lukienko Dayana Timirovna 3-o‘rinni diplom, medal va qimmat boho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Erkaklar o‘rtasida “Elit” toifasida 253 o‘quv guruxi kursanti Karnilov Ruslan Dmitrovich 2-o‘rinni egallab diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2026 yil 26 aprel kuni Samarqand shahrida Buyuk ipak yo‘li turizm markazida sportning TRIATLON turi bo‘yicha havoskor va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bulib o‘tdi. Musobaqada Jamoat xavfsizligi Universiteti terma jamoasi faol ishtirok etib quyidagi quyidagi o‘rinlarni egalladilar.

Ayollar o‘rtasida “Standart 18-24 yosh toifasida” (1500 m suzish, 40 km velosiped xaydash, 10 km yugurish) 413 o‘quv guruhi kursanti Muxtorova Farida Nurali qizi 2-o‘rinni egallab medal va sovg‘a bilan taqdirlandi.

Ayollar o‘rtasida “Super Sprint18-24 yosh toifasida” (350 m suzish, 13 km velosiped xaydash, 3 km yugurish) 254 o‘quv guruhi kursanti Botirova Zuxra Bexruz qizi 1-o‘rin, mutloq birinchilikda 3-o‘rin egallab medal va sovg‘a bilan taqdirlandi.

Erkaklar estafetasida “Super Sprint18-24 yosh toifasida” (350 m suzish, 13 km velosiped xaydash, 3 km yugurish) 132a o‘quv guruhi kursanti Qo‘chkorov Xojakbar Komolidin o‘g‘li, 111b o‘quv guruhi kursanti o‘quv guruhi kursanti Madaminov Modorbek Sherbek o‘g‘li, 133b o‘quv guruhi kursanti Ibroimjonov Azimjon Aziz o‘g‘illari qatnashib 1-o‘rinni egallab medal va sovg‘a bilan taqdirlandi.

Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoa murabbiysi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi xalqaro toifodagi sport ustasi kapitan Abdullayev Akrom Ilxamovich hamda mayor Mustafoev Navruzbek G‘opirjon o‘g‘li.

 

9479
Chop etish
Text to speech