JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI

JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida haftaning har juma “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 19-sentabr kuni Jamoat xavfsizligi universitetida “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” mavzusi ostida Toshkent shahrida joylashgan San’at va madaniyat institutidan tashrif buyurgan talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tashrif buyurgan talabalar Universitet kirish eshigida Harbiy Orkestr jamoasining jangovar musiqiy sadolari ostida kutib olindi. Hamda Universitet katta saf maydoni uzra jangovar texnikalar, qurol-aslaxalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yoshlar - harbiy akalarining faoliyatida foydalanadigan jangovar harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishib, kerakli ma’lumotlarni oldilar. Shundan so‘ng, saf maydoni markazida kursantlar ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi guruhining jangovar chiqishlari, Qurol bilan safona chiqishlar tashrif buyurgan talabalarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Universitet Vatanparvarlik muzeyiga sayohat tashkil etildi. Unda mamlakatimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy me’rosi hamda universitetning bugungi kunigacha bo‘lgan tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar oldilar. Tadbir yakunida tashrif buyurgan talabalar Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida qiyinchiliklarni sabot bilan yengib kelayotgan harbiy xizmatchilarga o‘z minnatdorchiliklarini aytib, kelgusida ular kabi Ona vatan himoyasi uchun o‘z hissasini qo‘shib yashaydigan, mard va oliyjanob shaxslar hamda barkamol insonlar bo‘lib yetishishga va’da berdilar. Yuqori saviyada o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri mana shunday ajoyib va esda qolarli lahzalar bilan o‘z yakuniga yetdi.

689
Chop etish
Text to speech