O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar psixologiya markazi tashkil topganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi Markazga tashrif buyurdilar. Hozirda respublikada yagona bo‘lgan Bolalar psixologiya markazi bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ichki dunyosini eshitish, hissiy muammolarini yengishda yordam berish, shaxs sifatida shakllanishida ularni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni bajarishni maqsad qilgan. Tashrif davomida Markaz jamoasiga Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining qutlovi yetkazilib, ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.