Yuksak jangovar ruh – askarning yengilmas kuchi, armiya qudratidir!

Yuksak jangovar ruh – askarning yengilmas kuchi, armiya qudratidir!

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq 2025-yil 27-may kuni Jamoat xavfsizligi universitetida “Zamonaviy qurolli to‘qnashuvlarda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy ta’minotini tashkillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoning  tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berildi.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – zamonaviy qurolli to‘qnashuvlarda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy ta’minotini tashkillashtirish borasidagi muammolarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, mahalliy va xorijiy tajribalar yuzasidan fikr almashish, zaruriy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Unda olimlar, soha mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida axloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish tajribasi”, “O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari axloqiy-ruhiy taminotini tashkillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy ta’minotining zamonaviy shakl va uslublari”,  “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari axloqiy-ruhiy taminotini tashkillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Zamonaviy jangning harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatiga ta’siri”, “Harbiy xizmatchilar jangovar ruhini oshirishning xorijiy tajribasi”, “Maxsus operatsiyalarda harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy ta’minotini tashkillashtirish” mavzularida ma’ruza qildilar.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli tuzilmalari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishi ofitserlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari bevosita Milliy gvardiyaning viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari, ta’lim muassasalari vakillari onlayn tarzda ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya jarayonida ishtirokchilar uchun ratsionalizatorlik ko‘rgazmasi hamda Jamoat xavfsizligi universitetining Maxsus to‘siqlar yo‘lagida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakuni bo‘yicha to‘plangan tezis va maqolalardan iborat to‘plam nashr etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2026
Chop etish
Text to speech