Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati”gi PQ-406-son Qonuni va 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 23-son qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida 2024 yil 23 fevral kuni “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda huquqiy madaniyatning tutgan oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
Anjumanda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shoʻbalarga boʻlingan holda ish olib rejalashtirilgan:
1-shoʻba. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar;
2-shoʻba. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda huquqiy madaniyatni takomillashtirish masalalari;
3-shoʻba. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning huquqiy-psixologik omillari;
4-shoʻba. Yoshlar orasida milliy qadriyat va mintalitetga yod boʻlgan har xil illatlarning oldini olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari;
5-shoʻba. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda milliy va xorijiy davlatlar tajribasi.
Mazkur respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami uchun tezislar 2024 yil 20 fevralgacha bepul tarzda qabul qilinadi hamda anjuman toʻplami mualliflarga elektron tarzda tarqatilishi koʻzda tutilgan.
Anjuman materiallarini tayyorlash uchun qoʻyiladigan talablar:
Anjuman materiallari toʻplam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Toʻplamga taqdim etiladigan tezislar 3-5 betgacha hajmda qogʻoz va elektron variantda taqdim etiladi.
Bunda tezis matni qoraqalpoq, oʻzbek va rus tillaridan birida Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida, 14 pt oʻlcham, 1 interval oraligʻida, pastdan va tepadan 2,0 sm, chapdan 3,0 sm, oʻngdan 1,5 sm qoldirilgan holda yoziladi.
Tezis uchun foydalanilgan barcha manbalarga havolalar tik qavs ichida muallifning familiyasi va maqolaning beti koʻrsatiladi. Masalan, [muallif F.I.SH.: 15].
Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari boʻyicha tezis muallifi shaxsan mas’uldir.
Maqola ustida oʻrtadan qalin katta harflar bilan maqola nomi, keyingi qatorda kichik harflar bilan oʻrtadan muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, keyingi qatorda ish (yoki oʻqish) joyi, shahri va elektron pochta manzili koʻrsatiladi.
Talabga javob bermaydigan tezislar anjuman dasturiga va toʻplamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi.
230121, Qoraqalpogʻiston Respublika Nukus shahri, Qizketken posyolkasi, Xoʻjayli gʻuzari, raqamsiz uy.
Faks: 61-225-06-81,
Mas’ul: P.K.Shagilov “Huquqiy fanlar” sikli boshligʻi.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
Shagilov Pulatbek Koptleuovich: +998-90-723-44-99.
Jiyenbayev Baxadir Ospanovich: +998-90-984-16-96.
Mazkur telefon raqamlarga telegramm oʻrnatilgan va maqolalaringizni ushbu raqamlarga yuborish mumkin.