Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining oʻrni va ahamiyati

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining oʻrni va ahamiyati

Inson qalbining quvonchu qaygʻusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Darhaqiqat, buyuk shoir ijodida adolat, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sahovat, ishq-muhabbat, halollik, rostgoʻylik, ma'rifatparvarlik kabi eng goʻzal insoniy fazilatlar tarannum etiladi.
Har yili Alisher Navoiyning tugʻilgan kuni nafaqat yurtimizda, balki butun turkiy mamlakatlarda keng nishonlanadi, turli adabiy-badiiy kechalar, soha ijodkorlari bilan uchrashuvlar, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil qilinadi. Jumladan joriy yilning 9 fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining oʻrni va ahamiyati” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dosenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Xolmuratovich va Yozuvchilar uyushmasi Harbiy-vatanparvarlik va oʻquv metodika boʻlimi etakchi mutaxassisi shoir Erkinjon Xojimuxammad oʻzlarining ma'ruza va ijodiy chiqishlari hamda kursantlar tomonidan taqdim etilgan sahna koʻrinishi tadbir ishtirokchilarini qisqa muddatga Navoiy hayoti va iijodiga olib kirdi. Tadbir davomida kursantlar oʻrtasida Navoiy gʻazallariga oid savol-javoblar oʻtkazilib, toʻgʻri javob bergan kursantlarga kitoblar sovgʻa qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Qisqa qilib aytganda, Alisher Navoiy asarlaridagi dono fikrlar yoʻllarimizni shamchiroq kabi asrlar osha yoritib boraveradi. Zero, Alisher Navoiyning umrboqiy siymosi doimo xalqimiz va yoshlarimizning ma'naviy yuksalishida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida ibrat maktabi boʻlib qolaveradi.

1635
Chop etish
Text to speech