2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamentida, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi hamda “Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyati hamkorligida “Sohibqiron Amir Temur siyrati jahon nigohida” mavzusida Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlanib, yuqori saviyada tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, harbiy soha vakillari va talaba-yos…